Rasman: Oston O'runov "Persepolis" bilan yangi shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
31 dek 2025, 14:45
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Oston O'runov "Persepolis" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Tomonlar 2027 yilgacha mo'ljallangan bitimga imzo chekishdi.   

14-turdan keyin "Persepolis" 26 ochko bilan uchinchi o'rinni band etgan. Yetakchi "Sepaxon" hisobida 31 ochko mavjud. 

Eron chempionati joriy mavsumida Oston O'runov 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va gol+pas tizimida 1+1 natija qayd etdi.   


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia