Rasman: “Orenburg”ga texnik mag'lubiyat yozildi va “Krasnodar” “Rostov”dan o'zib ketdi

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2020, 20:34
Rossiya chempionatining 24-turi doirasida 27 iyun kuni o'tishi kerak bo'lgan “Orenburg” – “Krasnodar” bahsi mezbon jamoaning bir necha a'zosida koronavirus aniqlangani tufayli o'tkazilmagandi.

RPL qaroriga ko'ra, “Orenburg”ga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozildi.

“Orenburg” navbatdagi jazodan qutilib qolish maqsadida 25-turdan o'rin olgan “Ural”ga qarshi 1 iyul kungi bellashuv uchun akademiya tarbiyalanuvchilarini o'yin qaydnomasiga qo'shmoqchi. Faqat buning uchun Rospotrebnadzor (istemolchilarning huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati) ruxsati kerak bo'ladi. Asosiy jamoa esa 7 iyul kuni izolyaciyadan qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: news.sportbox.ru