Rasman: "Olimpik" futbolchisi "Qizilqum"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023, 12:27
Superilganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Qizilqum" navbatdagi transferni amalga oshirdi.

"Toshkentning "Olimpik" jamoasida yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan yosh va umidli yarim himoyachi Muxammadali G'iyosov ijara asosida mavsum so'ngiga qadar "Qizilqum" sharafini himoya qiladi", – deyiladi navoiyliklar xabarida.

G'iyosov joriy mavsum 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta qizil kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати