Rasman: OCHL 2 arafasida "Andijon"ni legioner futbolchilardan biri tark etdi

Administrator
2 sen 2025, 23:25
Klub bu haqda rasman e'lon qildi.

"Andijon" klubi futbolchi Altin Kreziu jamoani tark etganini ma'lum qildi.


"Altin Kreziu jamoamiz bilan xayrlashdi

Mavsum boshida “Andijon” safiga qo'shilgan sloveniyalik 23 yoshli yarim himoyachi Altin Kreziu jamoamiz bilan xayrlashganini ma'lum qilamiz.

Aytish lozimki, har ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra amaldagi shartnoma bekor qilindi. 

Kreziu “Andijon” tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Altinga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!", -deyiladi klub bayonotida.

Ma'lumot uchun, 17 sentyabr kuni "Andijon" klubi mehmonda "Arqadag'"ga qarshi o'yin bilan OCHL 2 dagi yurishini boshlaydi. O'zbekistonda esa yozgi transfer oynasi allaqachon yopilgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати