Rasman: Obi Mikel "Trabzonspor"ga o'tdi

Alisher
1 iyul 2019
Yarim himoyachi Jon Obi Mikel erkin agent sifatida "Trabzonspor"ga o'tdi.

Bu haqda turk klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. 32 yoshli nigeriyalik klub bilan "2+1" ko'rinishida shartnoma imzoladi.

Obi Mikelning so'nggi klubi "Midlsbro" bo'lgan edi. Futbolchi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Xavbek 2006 yildan 2017 yilgacha "Chelsi"da harakat qilgan. U londonliklar bilan birgalikda 2 karra Premer-liga chempionligi, 4 karra Angliya kubogi, shuningdek 2011/12 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi g'olibiga aylangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Trabzonspor