Rasman: Neymar Barselona bilan shartnoma tuzdi FOTO

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2013, 13:28
Santosning 21 yoshli hujumchisi Neymar Barselona bilan 2018 yil 30 iyun sanasiga qadar shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda "Barselona" rasmiy sayti.
Oldinroq xabar berilganidek, futbolchi yangi klubida yiliga 7 million evro maosh oladi.

Barselona vice-prezident  Jozep Bartomeuning aytishicha Neymar 57 million evroga sotib olinganini aytib o'tdi.

Endi boshqa klubi Neymarni sotib olmoqchi bo'lsa Kataloniya klubiga 190 million evro to'lashi lozim bo'ladi.

Ushbu transfer ichida Barselona Santos bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bitta o'yin Kamp Nouda bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif