Rasman: "Navbahor" serbiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi

Administrator
13 yanv 2026, 21:30
Vanya Ilich namanganliklar safiga kelib qo'shildi.

Namanganning "Navbahor" klubi serbiyalik vinger Vanya Ilich bilan shartnoma imzoladi. 27 yoshli futbolchi yangi mavsumda "lochinlar" safida harakat qiladi. 

Vanya Ilich faoliyati davomida Serbiyaning “Rad” (Belgrad, 2018-2020 yillar), “OFK Jarkovo” (Belgrad, 2021-2022 yillar), “Radnichki” (Nish, 2021-2022,2023-2025 yillar),“Kolubara” (Lazarevas, 2022-2023 yillar) jamoalarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати