Rasman: "Nasaf" ukrainalik posbon transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2025
Yangi mavsum uchun puxta tayyorgarlik ko'rayotgan "ajdarlar" transfer oynasida yangi futbolchilarni jalb qilishda davom etadi.

Jamoaga yangi ukrainalik darvozabon kelib qo'shildi. Oleksandr Vorobey faoliyati davomida Ukrainaning "Volin", "Rux", "Viktoriya", "Alyans" va so'ngi mavsumni Gruziyaning "Gagra" jamoasida o'tkazgan.

Oleksandr "Nasaf" bilan bir yillik kelishuvga erishdi.

Avvalroq "ajdarlar" ukrainalik darvozabon olib kelayotgani haqida birinchilardan bo'lib xabar berib o'tgan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати