Rasman: "Nasaf" o'tgan mavsum 2 ta o'yinda qatnashgan darvozabon bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024, 18:34
"Lokomotiv" bilar xayrlashgan posbon Zafar Safoev faoliyatini "Nasaf"da davom ettiradigan bo'ldi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.



"Mohir darvozabon Zafar Safoev bugun jamoamiz bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. 

Safoev faoliyati davomida Superliganing "Metallurg", "Buxoro", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" kabi jamoalarda harakat qilgan", – deyiladi qarshiliklar xabarida.

Ma'lumot uchun, 32 yoshli Safoev o'tgan mavsum "Lokomotiv" safida bor-yo'g'i 2 ta o'yin o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати