Rasman: MYU Krishtianu Ronaldu klubni tark etganini ma'lum qildi

Administrator
22 noya 2022, 22:41
Klub rasman buni e'lon qildi.

"Manchester Yunayted" klubi rasman Krishtianu Ronaldu klubni tark etganini ma'lum qildi. O'rtadagi shartnoma tomonlarning roziligi bilan bekor qilingan. 

MYU futbolchiga kelajakdagi faoliyatida omad tiladi. 

Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu yaqindagina jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu bergandi. Ushbu intervyuda klub manziliga juda ko'p tanqidlar yog'dirilgandi. Shundan so'ng, ko'pchilik Ronaldu MYUga boshqa qaytmasligini taxmin qilgandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: manutd.com