Rasman: Moyes iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
16 may 2018, 17:10
Devid Moyes endi "Vest Xem" bosh murabbiyi emas.

"Bolg'achilar" rasmiy tvitteri xabariga ko'ra, unga iste'fo berildi. Moyes 2017 yilda Slaven Bilichdan keyin jamoani qabul qilib olgandi.

"Vest Xem"ning yangi bosh murabbiyi "Shaxtyor"ni boshqarayotgan Paulu Fonseka bo'lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/WestHam