

Bu haqda "Liverpul" rasmiy sayti xabar tarqatdi. Yaponiyalik futbolchi Mersisayd klubi bilan 4,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Yaponiyalik futbolchi klub tarkibiga 1 yanvardan qo'shiladi. Oldinroq, "Liverpul" Minaminoni 7,52 million funtga xarid qilinishi xabar berilgan edi.
Minamino joriy mavsum Avstriya Bundesligasida 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.











