Rasman: "Milan" yangi bosh murabbiyni tanishtirdi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2019, 22:59
Marko Jampaolo "Milan" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

51 yoshli mutaxassis "Milan" bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekdi. Uning bir yillik maoshi 2 million evroga teng bo'ladi. Marko 1 iyuldan boshlab ishga kirishadi.

Jampaolo "Sampdoriya"ni uch mavsum davomida shug'ullantirdi. Uning davrida jamoa ikki bora 9 va bir marta 10-o'rinlarni qo'lga kiritdi.

O'tgan mavsumda "Milan"ni Jennaro Gattuzo boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: acmilan.com