Rasman: "Milan" Pavlovich transferini e'lon qildi

Administrator
1 avg 2024, 00:32
Futbolchi uchun tahminan 20 mln evro to'langan.

Italiyaning "Milan" klubi "Zalcburg" himoyachisi Straxinya Pavlovichni rasman sotib oldi. Pavlovich "Milan" bilan 2028 yilga qadar shartnoma imzolagan. Himoyachi "Milan" tarkibida 31-raqamda harakat qiladi. Pavlovich transferi "Milan"ga 18+2 mln evroga tushgan.

Ma'lumot uchun, Straxinya Pavlovich o'tgan mavsum Avstriya chempionatida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.acmilan.com