Rasman: "Milan" navbatdagi transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021, 16:40
"Milan" matbuot xizmati Fode Ballo-Turening transferini e'lon qildi.

24 yoshli chap qanot himoyachisi klub bilan 2025 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Klub rasmiy saytining yozishicha, Ballo-Ture 5-raqamli libosda to'p tepadi.

Oldinroq Italiya matbuoti tomonidan Milan klubi transfer uchun "Monako"ga 4 mln evro to'lashi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/acmilan