Rasman: "Metallurg" darvozaboni "Turon"ga o'tdi

Iskandarov Abdulaziz
14 yanv 2023
"Turon" safiga yana bir futbolchi bilan to'ldirildi.

Superliga yangi mavsumi oldidan Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi asosiy tarkib jamoasiga bir qator mahoratli futbolchilar kelib qo'shilishi davom etmoqda. Jumladan, bugun 2003-yilda tug'ilgan, yosh iqtidorli darvozabon Xumoyunshoh Sayyotov va klub o'rtasida ikki yillik muddatga mo'ljallangan rasmiy shartnoma imzolandi.

Xumoyunshoh Sayyotov yaypanliklar tarkibiga "Metallurg" klubidan kelib qo'shildi. Shuningdek, u O'zbekiston U-20 terma jamoasi a'zosi hisoblanadi.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати