Rasman: "Manchester Yunayted" – "Brayton" o'yini koronavirus tufayli qoldirildi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2021, 19:58
MYUning APL doirasidagi "Brayton"ga qarshi bo'lajak uchrashuvi noma'lum muddatga ko'chirilishi aniq bo'ldi.

Xabar berishlaricha, "Manchester Yunayted"ning 19 vakilidan koronavirus aniqlangan. Kasallanganlar orasida nafaqat futbolchilar, balki klub xodimlari ham bor. Ularning bari yakkalanish tartibiga o'tgan. 

Shu tariqa, "qizil iblislar"ning APL 18-turi doirasidagi "Brayton" bilan bahsi noma'lum muddatga qoldirildi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Manchester Yunayted"ning Angliya chempionati doirasidagi "Brentford" bilan uchrashuvi ham aynan COVID-19 tufayli o'tkazilmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com