Rasman: "Manchester Siti" himoyachisi bilan shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2019, 23:11
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker jamoa bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirdi.

Bu haqda, klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 29 yoshli futbolchi 2017 yilda "Tottenxem"dan transfer qilingandi. Shu vaqtdan buyon u jamoa tarkibida 100 o'yin o'tkazdi va APLning ikki karra chempioni, ikki karra Liga Kubogi va bir bora mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi.

Bu mavsumda u 52 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/mcfc