

34-turda kecha Man Siti safarda Tottenxemni mag'lub etdi (3:1), bugun esa ikkinchi o'rindagi Manchester Yunayted o'z uyida Vest Bromvichga yutqazib qo'ydi (0:1).
Chempionat tugashiga 5ta tur qoldi, Gvardiola jamoasi MYUdan 16 ochkoga oldinda.
Manchester Siti o'z tarixida beshinchi bor Angliya chempioni bo'ldi (1936/37, 1967/68, 2011/12, 2013/14, 2017/18).




