Rasman: "Lids" Belsani iste'foga chiqardi

Alisher
27 fev 2022
"Lids Yunayted" klubi rasmiy saytida bosh murabbiy Marselo Belsa bilan shartnoma bekor qilinganini e'lon qildi.

2018 yilning iyunidan beri "Lids"da ishlayotgan argentinalik tomonlarning kelishuviga ko'ra klubni tark etdi.

Xabarga ko'ra, klub murabbiy uchun xayrlashuv marosimini o'tkazish uchun ishlar olib bormoqda.

"Lids" APLda 26 o'yindan so'ng 16-o'rinda bormoqda. Jamoa so'nggi 4ta o'yinda 2ta gol urdi va 17ta to'p o'tkazib yubordi.


AlisherMuallif
Manba: leedsunited.com