Rasman: Kshishtof Pyontek jamoasini o'zgartirdi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2022
Hujumchi Kshishtof Pentek "Gerta"dan "Fiorentina"ga ijaraga berildi.

Polshalik forvard mavsumning qolgan qismini Florenciyada o'tkazadigan bo'ldi. Klub mavsum yakunlanganidan keyin uni sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Pyontek ushbu mavsumda Bundesliganing 9 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.

Bunga qadar u Italiyada "Jenoa" hamda "Milan" jamoalari tarkibida o'ynagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/acfiorentina