Rasman: Kellini - "Los-Anjeles" futbolchisi!

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2022, 22:34
"Los-Anjeles" Jorjo Kellini bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

"Yuventus" va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Amerika klubi bilan 2023 yilning oxiriga qadar shartnoma imzoladi.

“U futbolchi va shaxs sifatida o'ziga xos xarakterga ega. Jorjo bilan shartnoma imzolanishi klubimizni yaxshilash uchun ajoyib imkoniyatdir. U kuchli jamoaning bir bo'lagiga aylanadi va o'zining yetakchilik fazilatlari, g'alaba qozonish istagi va tajribasidan foydalanib, barchaga o'rnak bo'ladi.

Jorjo eng yuqori darajada o'ynagan g'olib o'yinchi, Kellinidan "Los-Anjeles"ni tanlagani va bizga sovrinlar uchun kurashda yordam bermoqchi bo'lgani uchun minnatdormiz ”, - dedi klub bosh direktori Jon Torrington.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: lafc.com