Rasman: Kastan - "Lester" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
3 sen 2020
"Tulkilar" tarkibiga Timoti Kastan kelib qo'shildi.

"Lester" rasmiy sayti ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli himoyachi Timoti Kastan klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Qayd etilishicha, futbolchining transferi uchun "tulkilar" 21,5 mln funt sarflagan. Kastanning maoshi 1,5 mln evroni tashkil qiladi.

Yakunlangan mavsumda Kastan "Atalanta" tarkibida 33 o'yinda qatnashdi va 2 gol urib, 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lcfc.com