Rasman: JCH-2026 finali qaysi stadionda bo'lishi ma'lum qilindi

Khoja
5 fev 2024, 07:33
2026 yilgi Jahon chempionati final uchrashuvi o'tkazilish stadioni ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, yangicha formatda o'tadigan AQSH, Kanada va Meksika mezbonligidagi mundialning finali Nyu-Jersidagi "MetLife Stadium" stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu arena o'z bag'riga 83 ming muxlisni sig'dira oladi.Bu haqida FIFA matbuot xizmati ma'lum qildi. Final uchrashuvi 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.

3- o'rin uchun bo'ladigan o'yin uchun esa 65 ming muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan “Hard Rock Stadium” mezbonlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: FIFA.com