

"Qayrat" o'zbekistonlik futbolchini ijaraga oldi.
"Jasur jamoamizda ijara asosida harakat qiladi va qayd etish kerakki, klubda uni xarid qilish huquqi bor. Shartnoma 2022 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Xush kelibsiz, Jaloliddinov", - deyiladi klub xabarida.
"Qayrat" mamlakatning 3 karra chempioni hisoblanadi. Ayni damda bu jamoani Qurbon Berdiev boshqarmoqda. O'tgan mavsum "Qayrat" mamlakat chempionatida bronza medallarni qo'lga kiritdi. Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv" bilan 2023 yil oxirigacha shartnomasi bor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq saytimiz orqali xavbekning Qurbon Berdiev taklifiga binoan qozoq klubiga o'tishi haqida ma'lumot bergan edik.
Keyinchalik Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi ham bu haqda rasmiy ma'lumot bergandi.
[instagram]
[/instagram]





