Rasman: Jaloliddin Masharipovning yangi klubi ma'lum

Alisher
4 fev 2024
O'zbekiston terma jamoasi o'yinchisi Jaloliddin Masharipov Eronning "Istiqlol" klubiga o'tdi.

Bu haqda Eron klubi matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko'ra, "Istiqlol" bosh direktori Ali Xateyr Masharipov bilan 1,5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi yaqin ikki-uch kunda Tehronga tibbiy ko'rikdan o'tish va bitimga imzo chekish uchun boradi.

"Istiqlol" hozirda Eron Pro ligasida 15 turdan so'ng 32 ochko jamg'argan holda yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Masharipov yaqin Gretsiya "Panserraikos" klubi bilan bitimini bekor qilgandi.



AlisherMuallif
Manba: championat.asia