Rasman: Jagielka 12 yildan so'ng sobiq klubiga qaytdi

Alisher
5 iyul 2019, 13:06
Angliya Premer-ligasining qariya futbolchilaridan biri Fil Jagielka "Sheffild Yunayted"ga qaytdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. U 1 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Jagielka 2007 yilda "Sheffild Yunayted"dan "Everton"ga 4 million funt evaziga o'tgan edi. Shundan so'ng "Everton" safida 300 dan ortiq o'yinlarda maydonga tushdi.

Futbolchining "Everton" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgandan so'ng "Byornli" tarkibida shug'ullandi. Ammo ish shartnoma imzolashgacha bormadi. Filga shuningdek "Seltik" klubi ham raqobatlashayotgan edi.

Jagielka yakunlangan mavsum "Everton" libosida, Premer-ligada faqatgina 7ta o'yin o'tkazdi va 1ta gol urishga ham erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/sufc_tweets