Rasman: "Istiqlol" o'zbekistonlik futbolchiga 337 ming AQSH dollari to'lab berdi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2024, 19:59
Eronning "Istiqlol" klubining o'zbekistonlik futbolchidan qarzi bor edi.

Azizbek Amonov 2022 yilda Tehron klubi safida to'p tepgan va pulini to'liq ololmagan edi. Bugun "Istiqlol" klubi matbuot xizmati futbolchi oldidagi qarzdorlik to'liq bartaraf etilganini e'lon qildi. Gap 337 ming AQSH dollari haqida ketmoqda. Endi "Istiqlol" yozgi transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni xarid qila oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia