Rasman: "Inter" Kolarov bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
7 iyul 2021
"Inter" rasmiy sayti himoyachi Aleksandar Kolarov bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

35 yoshli futbolchi bir yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Aleksandr o'tgan yilning sentyabridan buyon "Inter"da harakat qiladi. U "neradzurrilar" safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan mavsum "Inter" bilan A Seriya g'olibiga aylandi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Inter_en