

"Inter" o'zining rasmiy saytida bosh murabbiy Simone Inzagi bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.
Tomonlar 2025 yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzoladi.
Mutaxassis "neradzurri"ni 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda. "Qora-ko'klar" uning qo'l ostida 2 marta Italiya Kubogi va Italiya Superkubogida zafar quchgan, shuningdek, Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan.
"Inter" Inzagi faoliyatidagi ikkinchi klub hisoblanadi. U avvalroq "Lacio"ni boshqargan.



