Rasman: Ikrom Aliboev – "Neftchi" futbolchisi!

Administrator
4 yanv 2025, 21:56
Farg'onaliklar tarkibni kuchaytirishda davom etishadi.

"Neftchi" klubi tajribali futbolchisi Ikrom Aliboev bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi. Klub va futbolchi bir yillik bitim imzolashgan.

Ma'lumot uchun, Aliboev 1994 yilda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida Toshkentning" Lokomotiv" va "Paxtakor", Janubiy Koreyaning "Seul", "Tedjon Sitizen" hamda "Kanvon" kabi klublarida to'p surdi. 

Ikrom Aliboev O'zbekistonning to'rt karra chempioni xisobdanadi. Futbolchi O'zbekiston Superligasida yuzdan oshiq  uchrashuv o'tkazib,  10 ta gol urib, 6 ta golga assistentlik qilgan. Tajribali yarim ximoyachi O'zbekiston terma jamoasi tarkibida 28 ta uchrashuvda maydong chiqqan.

Neftchi yana bir yirik transferni amalga oshirishga yaqin  

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати