Rasman: Gyundogan "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
9 avg 2019, 13:49
Germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Yangi shartnomaga ko'ra, 28 yoshli o'yinchi jamoada 2023 yilgacha qoladi.

Gyundogan "Siti"ga 2016 yilda Dortmundning "Borussiya" klubidan 27 million evro evaziga o'tgan edi.

Futbolchi "shaharliklar" tarkibida 115ta o'yin o'tkazib, 17ta gol urishga erishdi.

Yarim himoyachi klub bilan 2 karra Angliya chempioni, 2 karra Angliya Liga Kubogi va 1 marta mamlakat kubogiga ega chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/mancity