

Unga ko'ra, 2021 yildan boshlab musobaqada 6ta qitaning 24ta klubi qatnashadi. Mazkur klublar o'rtasidagi o'ziga xos mundial 17 iyundan 4 iyulgacha bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.
Yangi formatdagi ilk turnirda Yevropadan 8ta, Janubiy Amerikadan 6ta, Afrika, Osiyo va KONKAKAFdan 3tadan hamda Okeaniya mintaqasidan bitta klub ishtirok etadi.
Musobaqaning amaldagi g'olibi Madridning ”Real” klubi hisoblanadi.
Avvalroq, Yevropaning yetakchi klublari (“Yuventus”, “Bavariya”, “PSJ”, “Real”, MYU va b.) musobaqaning yangi formatiga norozilik bildirib, baykot e'lon qilgani haqida aytilgandi.



