Rasman: "Fenerbaxche" "Al Ittihod" futbolchisini ijaraga oldi

Alisher
13 iyul 2019, 16:10
Jiddaning "Al Ittihod" klubi vingeri Garri Rodriges kelasi mavsumni ijara asosida "Fenerbaxche"da o'tkazadi.

Turklar futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishdi.

Rodriges Saudiya Arabistoni klubiga shu qishda "Fenerbaxche"ning ashaddiy raqibi "Galatasaroy"dan o'tgan edi. Tranfer narxi esa 9 million evroni tashkil etgan.

28 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Kserks", "Rostoker", "Bosxyoyzen", "ADO Den Xaag", "Dordrext", "Levski", "Elche", PAOK va "Galatasaroy" klublarida o'ynagan.

Vinger 2013 yildan buyon Kabo-Verde terma jamoasida harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Fenerbahce