Namangan viloyati hokimi Saudiya Arabistoni safari oldidan "Navbahor" a'zolari bilan uchrashdi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2024, 22:35
Xabaringiz bor, jamoa Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak finali birinchi uchrashuvi doirasida 15 fevral kuni o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod” (Jidda) klubini qabul qilib, 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Saudiyaliklarga qarshi kechadigan javob o'yini 22 fevral kuni Jidda shahrida o'tkaziladi. 

"Lochinlar" mazkur bellashuvga tayyorgarlikni bugundan boshlashdi.



"Navbahor"ning buguni mashg'ulotiga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov tashrif buyurib, futbolchilarga 15 fevral kungi ajoyib o'yin uchun minnatdorchilik bildirib, bo'lajak uchrashuvda jamoamizga omad yor bo'lishini tiladi.

"Sport, shu jumladan, futbol mamlakatni tezda jahonga tanitadi, mashhur qiladi. Jiddagi o'yinda O'zbekiston sharafi, shani, bayrog'ini  munosib tarzda himoya qilib, g'alaba qozonib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishingizga tilakdoshman", – dedi viloyat rahbari. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати