Rasman: Erkin Baydullaev - AGMK futbolchisi

26 iyul 2019, 14:23
AGMK matbuot xizmati jamoaning navbatdagi transferini e'lon qildi.

"AGMK jamoasi yozgi transfer oynasida qator transferlarni amalga oshirdi. Xususan tayanch yarim himoyachi, "Nasaf" hamda "Qizilqum"dagi faoliyati orqali ko'pchilikka ma'lum va mashhur bo'lgan Erkin Baydullaev bilan klubimiz yil oxiriga qadar shartnoma imzoladi.

Erkin Baydullaevning transfer huquqi "Qizilqum" klubidan sotib olindi.

Yangi ko'zlanayotgan marralarga erishishda Baydullaev jamoamiz uchun jon kuydirib xizmat qilishiga ishongan holda Erkin Baydullaevga AGMK oilasiga xush kelibsan deymiz!", - deyiladi AGMK klubining telegramdagi rasmiy kanalida.

Ma'lumot o'rnida:

Erkin Baydullaev

Tug'ilgan sanasi: 04.10.1984

Poziciyasi: tayanch yarim himoyachi

Millati: O'zbek

Bo'yi: 180

Oyog'i: o'ng 

O'ynagan jamoalari: "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Dinamo", "Nasaf", "Qizilqum", AGMK


Manba: АГМК матбуот хизмати