Rasman: "El Klasiko" noma'lum muddatga qoldirildi

Alisher
18 okt 2019, 14:45
La Liga 10-tur doirasidagi "Barselona" va "Real" klublari o'rtasidagi o'yin qoldirildi.

Hozirgi paytda Kataloniyada bo'layotgan tartibsizlar tufayli o'yin noma'lum muddatga qoldirildi.

Bu haqda Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin 26 oktyabr kuni bo'lib o'tishi kerak edi.

Takidlanishicha, klublar 21 oktyabrga qadar o'yinning yangi sanasi haqida kelishib olishlari kerak.

Agar klublar bu borada kelisha olishmasa, o'yinning yangi sanasi Ispaniya chempionati rahbariyati va RFEF tomonidan belgilanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: rfef.es