Rasman: Dzyuba Balotellining jamoadoshiga aylandi

Eldor Akmurzayev
19 avg 2022, 08:05
“Zenit”ni erkin agent sifatida tark etgan Artyom Dzyuba faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Rossiyalik hujumchi “Adana Demirspor” bilan 1+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi. Mazkur jamoa safida o'tgan yildan beri Mario Balotelli harakat qiladi va bosh murabbiy italiyalik Vinchenco Montella hisoblanadi,

Artyom Dzyuba “Zenit” safiga 249 bahsda qatnashib, 108 ta gol urgan. U peterburgliklardan tashqari, “Arsenal” (Tula), “Rostov”, “ Tom” hamda “Spartak M” sharafini himoya qilgan. Hujumchi Rossiya TJda 55 bahsda 30 ta to'p kiritgan

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com