Rasman: Doston Tursunov Eron klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2024
O'zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov Xuzistonning "Istiqlol" klubiga yo'l oldi.

Eron jamoasi transferni rasman e'lon qildi.

28 yoshli himoyachi yangi klubi bilan 2024 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi. 



Ma'lumot uchun, Xuzistonning "Istiqlol"i ushbu mavsum Eron chempionatida 16-o'rinni band etib turibdi. 

Doston Tursunov 2023 yilgi mavsumni "Paxtakor" safida o'tkazdi. U yakunlangan mavsumda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Bundan tashqari, 5 ta sariq kartochka va 1 ta qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/esteghlal.khuzestan.fc