Rasman: "Dinamo" Sanjar Qodirqulov bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
11 dek 2025, 19:38
"Dinamo" matbuot xizmati yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

"Dinamo" PFK shartnomasi yakuniga etayotgan bir qator o'yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda.

Jamoamizning yetakchi yarimhimoyachilaridan biri Sanjar Qodirqulov bilan ham amaldagi kelishuv 2026 yil oxirigacha uzaytirilganini mamnuniyat bilan ma'lum qilamiz. Sanjar mavsum davomida himoya hamda yarimhimoyadagi o'yinlari va muhim gollari bilan jamoamizning g'alabalariga katta hissa qo'shdi. 

Ishonamizki, kelasi mavsumda ham Qodirqulov o'z mahorati, tajribasi va mehnatkashligi bilan Dinamoning muvaffaqiyatlarida munosib hissa qo'shadi", - deyiladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати