Rasman: Dik Advokat "Feyenoord"ga bosh murabbiy etib tayinlandi

Alisher
31 okt 2019, 13:20
72 yoshli mutaxassis Dik Advokat Rottyerdamning "Feyenoord" klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Advokat mavsumning muvaffaqiyatsiz startidan so'ng iste'foga chiqqan Yap Stamningning o'rniga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Rottyerdam klubi hozirda Gollandiya chempionatining 11 turidan so'ng 14 ochko jamg'argan holda 12-o'rinda bormoqda.

Advokat PSV, "Borussiya M", "Zenit", "Sanderlend" va "Fenerbaxche" klublarida o'ynagan.

Bundan tashqari Gollandiya, BAA, Janubiy Koreya va Rossiya terma jamoalarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Feyenoord