Rasman: Dembele va "Barselona" yangi shartnoma imzolashdi

Alisher
14 iyul 2022, 14:33
"Barselona" va Usmon Dembele 2024 yilgacha bo'lgan shartnoma imzolashdi.

1 iyuldan erkin agentga aylangan futbolchi yana 2 yil Kataloniya klubi bilan qoladigan bo'ldi.

"Chelsi" va "Bavariya" ham Fransiya termasi a'zosiga shartnoma taklif qilishdi, ammo Xavining harakatlari evaziga Dembele "ko'k-anorranglilar" bilan yana shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, francuz 2017 yili "Barselona"ga "Borussiya" (Dortmund)dan 140 million evro evaziga qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com