

Endilikda “Nyukasl” klubining sobiq futbolchisi “Ayaks” bilan shartnoma imzoladi. Bu ma'lumotni Gollandiya klubi rasmiy sayti ham tasdiqladi. De Yong “ayaksidalar” bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
BBC xabariga ko'ra, de Yongning transfer summasi “Ayaks”ga 4,3 million evroga tushgan. 28 yoshli xavbek “Nyukasl” klubiga aynan “Ayaks” jamoasidan 2014 yilning yozida ko'chib o'tgandi.



