Rasman: Dani Alves PSJga o'tdi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2017, 20:18
Himoyachi Dani Alves erkin agent sifatida PSJga ko'chib o'tdi.

34 yoshli braziliyalik futbolchi Francuz klubi bilan shartnoma tuzdi. Alves Parijda 32-raqamda o'ynaydi.

Oldinroq Dani Alves PSJ bilan 2 yillik shartnoma tuzishi va yiliga 12,5 million funt maosh olishi (bu Manchester Siti taklif qilgan maoshdan ikki baravar ko'p) aytilgandi.

O'tgan mavsumni Dani Alves Yuventusda o'tkazgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside