Rasman: Chempionshipning joriy mavsum g'olibi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
18 iyul 2020, 19:05
Avvalroq, “Lids Yunayted”ning 16 yillik tanaffusdan so'ng APLga qaytgani haqda xabar qilgandik.

Marselo Belsa qo'l ostida jamoa Chempionshipda 44 uchrashvda 87 ochko jamg'arib, peshqadamlik qilayotgan edi. 

Biroz oldin, “Brentford” safarda “Stok Siti”ga (0:1) imkoniyatni boy berdi va yetakchiga yetib olish imkoniyatini yo'qotdi. Shu tariqa, “Lids” musobaqaning joriy mavsum g'olibiga ham aylandi. “Oqlar” o'z tarixida 4-marotaba ushbu titulni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia