Rasman: "Chelsi" futbolchisi "Monako"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
1 sen 2019, 10:14
"Monako" Temue Bakayokoni ijaraga oldi.

Monegasklar rasmiy sayti xabariga ko'ra, kelishuv kelasi yozgacha davom etadi. Shundan keyin "Monako" sobiq futbolchisini 35 million evroga sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Bakayoko 2014-2017 yillar davomida "Monako" tarkibida o'ynagan. O'tgan mavsumni "Milan" tarkibida ijarada o'tkazgan 25 yoshli futbolchi 42 o'yinda 1 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/chelseafc