Rasman: Buffon "Parma"ga qaytdi

Alisher
17 iyun 2021
Darvozabon Janluiji Buffon faoliyatini "Parma"da davom ettiradi.

Klub 43 yoshli darvozabonning qaytganini e'lon qildi.

Buffon professional faoliyatini aynan "Parma"da boshlagan va A Seriyada 1995 yilda, aniqrog'i 17 yoshida debyut qilgan.

Darvozabon 2001 yilda "Yuventus"ga o'tgan va "keksa sinora" sharafini 2021 yilgacha (2018/19 yilgi mavsumni PSJda o'tkazgan) himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/1913parmacalcio