Rasman: Braim Dias “Real”ga o'tdi

Madridliklar “Manchester Siti” futbolchisini sotib oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, “Real” 19 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 15 mln evro to'lagan. Shuningdek, uning o'yiniga qarab “Siti” kelajakda yana 7 mln evro bonusga ega bo'lishi mumkin.

Dias “Real” bilan 2025 yil yozigacha mo'ljallangan 5,5 yillik shartnoma imzolaydi. U bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va “Qirollik klubi” futbolchisi sifatida tanishtiriladi.





Manba: “Реал” расмий сайти