Rasman: Botirali Ergashev "Qo'qon-1912"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
18 yanv 2020
Superliga jamoalari yangi mavsum oldidan tarkibni shakllantirishda davom etmoqda.

"Dinamo" klubi a'zosi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod darvozabon Botirali Ergashev 2020 yilgi mavsumni Superligada o'tkazadigan bo'ldi.

O'tgan mavsumning ikkinchi davrasidan oldin Samarqand jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Botirali Ergashevga yangi mavsum oldidan bir qator klublardan taklif tushdi, muzokaralardan keyin kiper "Dinamo" klubi tomonidan 1 yillik ijara asosida "Qo'qon-1912" jamoasiga berildi. 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempioni hisoblangan 24 yoshli darvozabonning transfer huquqi "Dinamo" klubida qoladi. Bu haqda Samarqand klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumot uchun, Botirali Ergashev 2019 yilgi mavsumda "Dinamo" safida 22 o'yinda maydonga tushgan bo'lib, PFL va "Sportstat" tahlil-markazi ma'lumotiga ko'ra, Superliganing o'tgan mavsumida eng ko'p – 55 marta seyv amalga oshirgan darvozaboni bo'ldi.


Eslatib o'tamiz, Botirali Ergashev "Dinamo" klubi matbuot xizmati tomonidan 2019 yil yakunida muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, "Dinamo"ning 2019 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi" deb topilgandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcdinamo.uz