Rasman: "Bavariya" "Renn" futbolchisini xarid qildi

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2022, 20:04
17 yoshli fransiyalik hujumchi Matis Tel "Renn"dan "Bavariya"ga o'tdi, deb xabar berdi Germaniya klubi rasmiy sayti.

Shartnoma 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Forvard 2020 yilda "Renn" yoshlar jamoasiga kelib qo'shilgandi. U 15 yoshida UEFA Yoshlar ligasida debyut qilgan. 2021 yilning avgust oyida kattalar jamoasi safida ilk bor maydonga tushib, "Renn" tarixidagi eng yosh debyutantga aylangan. 

Futbolchi o'tgan mavsumda jamoa safida 10 ta o'yinda maydonga tushgan.

Hujumchi may oyida bo'lib o'tgan U-17 Yevropa chempionatida Fransiya termasi bilan musobaqada g'olib chiqqan. U 3 ta gol urgan hamda 1 ta golli uzatmani qayd etgan.

Transfermarkt portali bergan xabarga ko'ra, hujumchining "Bavariya"ga transferi 20 million evroni tashkil qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com